Toshkent piloti · Investitsiya raundi ochiq
Transportingizni ishonib qoldiradigan joy
Uy yonida 32 qutili yopiq park — velosiped, samokat, bolalar va nogironlar aravachasi uchun. Ikki daromad: qutilar obunasi va park ekranlaridagi mahalliy reklama. O‘zbekistonda bunday yechim hali yo‘q.

- 5 ta pilot park uchun
- $200 000
- o‘zini oqlash: pitch → to‘liq xarajatlar
- 13–15 oy
- quti — pilot sig‘imi
- 160
- 3 yilda
- 50 park
Muammo
4 xil ehtiyoj. Bitta muammo: saqlashga joy yo‘q.

- Velosiped
- Samokat
- Bolalar aravachasi
- Nogironlar aravachasi
Mijozlar — uy yonida qulay va xavfsiz saqlash joyiga ehtiyoji bor aholi.
Podyezdda qoldirsangiz
Yo‘lak to‘ladi, qo‘shnilarga xalaqit beradi.
Uyga olib chiqsangiz
Og‘ir va noqulay.
Tashqarida qoldirsangiz
O‘g‘irlanadi, yomg‘ir va qorda tez eskiradi.
Bugun qayerda saqlashadi?
| Variant | O‘g‘irlikdan himoya | Vandalizmdan himoya | Ob-havodan himoya | Joylashtirish oson | Xalaqit bermaydi | Tekinmi? |
|---|---|---|---|---|---|---|
| Podyezd | ||||||
| Trotuarlar | ||||||
| Ochiq veloparkovka | ||||||
| SERGAK |
Himoya va qulaylikning barcha 5 mezoniga javob beradigan yagona variant — SERGAK. U tekin emas: oyiga $25.
Toshkentdagi real variantlar
Yechim
QR skan. Shaxsiy quti ochiladi.
Uy yonida 32 qutili yopiq park. Har mijozning alohida elektron qulfi bor, park 24/7 masofadan nazorat qilinadi.
Skanerlang
Paneldagi QR kodni telefon bilan skanerlang — qutingiz ochiladi.
Joylang
Transportni qutiga qo‘ying: pol tortib chiqariladi, g‘ildirak fiksatorga kiradi.
Qulflang
Eshikni yoping — elektron qulf o‘zi yopiladi.
Obuna — oyiga $25kuniga taxminan $0,83

Bitta park jihozlari
32 ta universal joy
1 park sig‘imi
2 ta LED ekran
yon panelda reklama
4 ta kamera
kuzatuv nuqtasi
QR kirish
skan orqali boshqaruv
24/7 signalizatsiya
masofaviy nazorat
1 ta elektron qulf
har bir joy uchun
Bitta qutiga nima sig‘adi
Quti universal: 4 xil transport va boshqa buyumlar uchun.

Quti o‘lchami
- Kenglik
- 95 sm
- Qavat balandligi
- 150 sm
- Chuqurlik
- 200 sm
Aylantirish uchun suring
Pastki qavat. Pol tekis tortib chiqariladi. Old g‘ildirak baland fiksatorga, orqa g‘ildirak pastki fiksatorga kiradi.
Bozor hajmi
Toshkent: 723 ming xonadon. Boshlanishi: 160 ta obuna.
- 723 100Jami xonadon
- 72 310Ehtimoliy mijoz · 10%
- 160Pilot obunasi
Bu nimani anglatadi
- $21,7 mlnqutilar ijarasidan yillik salohiyat72 310 obuna × $25 × 12 oy
- 2 260park kerak bo‘ladi72 310 obuna ÷ 32 quti
- 0,22%pilot — salohiyatning qismi160 ÷ 72 310
Manba: SIAT, 2025 · 10% — so‘rovda tekshiriladigan faraz · Pilot: 5 park × 32 quti, 100% band
Xorijiy tajriba
Dunyo allaqachon saqlash infratuzilmasiga investitsiya qilmoqda.
| Davlat · model | Format | Sig‘im | Kirish |
|---|---|---|---|
| Niderlandiya · Utrecht | Vokzal yonidagi majmua | 12 500 | Transport kartasi |
| Britaniya · Bikehangar | Ko‘chadagi yopiq modul | 6 | Kalit |
| Yaponiya · ECO Cycle | Avtomatik yerosti | 200 | IC karta |
| O‘zbekiston · SERGAK | Universal aqlli qutilar | 32 | QR |
Manbalar: Utrecht munitsipaliteti, Cyclehoop, GIKEN
Monetizatsiya · 5 ta park
5 ta park ≈ 13 oyda o‘zini oqlaydi.
Ikki daromad: qutilar ijarasi va LED reklama. Pastdagi kalkulyatorda farazlarni o‘zingiz o‘zgartirib ko‘ring.
Investitsiya
$200 000
- 5 ta park
- $150 000
- Dasturiy ta’minot
- $50 000
Oylik daromad
$18 250
- LED reklama (5 × $2 850)
- $14 250
- Qutilar ijarasi (160 quti × $25)
- $4 000
Oylik xarajat
$3 200
- Ijara va kommunal (5 × $300)
- $1 500
- 2 xodim: call-markaz va texnik
- $700
- Ofis ijarasi
- $500
- Kutilmagan xarajatlar
- $500
- Daromad solig‘iInno texnopark a’zoligi rejalashtirilgan
- $0
Sof foyda: $15 050 / oyiga
O‘zini oqlash: ≈ 13 oy
Yiliga: ≈ $180 600
O‘zingiz tekshiring
- Daromadning 78% qismi LED reklamadan keladi.
- Reklamasiz park 80% bandlikda joriy xarajatini qoplaydi, lekin investitsiyani qaytarmaydi — qaytim reklamaga bog‘liq.
O‘zini oqlash muddati, oy
| LED / park \ Bandlik | 50% | 75% | 100% |
|---|---|---|---|
| $0 | — | — | 250 |
| $1 000 | 53 | 42 | 34 |
| $2 000 | 23 | 20 | 19 |
| $2 850 | 15 | 14 | 13 |
Joriy xarajat sozlamalari bilan. «—» — investitsiya qoplanmaydi.
Pitch ssenariysi: birinchi oydan 100% bandlik — 5 park × 32 quti × $25 / oy · 2 xodim: call-markaz va texnik. Hisobga olinmagan: to‘lish davri (ramp-up), mijoz ketishi, mijoz jalb qilish xarajati, reklama sotish komissiyasi, amortizatsiya. Taxminiy hisob, pilotda aniqlanadi.
Farazlar
Raqamlar nimaga tayanadi — va qanday tekshiriladi
| Faraz | Nega muhim | Qanday tekshiriladi |
|---|---|---|
| LED reklama: parkka oyiga $2 850 | Pitch ssenariysida daromadning 78% qismi | Pilot parklarda reklama beruvchilar bilan shartnomalar |
| Qutilar birinchi oydan 100% band | Reklamasiz zararsizlik — 80% bandlik (pitch xarajatlarida) | Pilot: 5 park, 160 obuna |
| Xonadonlarning 10% ida ehtiyoj bor | Bozor hajmi: 72 310 ehtimoliy mijoz | Park atrofidagi uylarda so‘rovnoma |
| Daromad solig‘i $0 | Inno texnopark a’zoligi | A’zolik; imtiyozsiz ssenariy kalkulyatorda |
Nima xato ketishi mumkin — va javobimiz
Reklama beruvchilar kam bo‘ladi
Bu asosiy risk: reklamasiz park (pitch xarajatlarida) 80% bandlikda faqat joriy xarajatini qoplaydi, investitsiya qaytmaydi. Shuning uchun pilotdagi birinchi tekshiruv — reklama shartnomalari.
Qutilarga talab past
10% faraz park atrofidagi uylarda so‘rovnoma bilan tekshiriladi. Pilot 5 ta park bilan boshlanadi — xato qimmatga tushmaydi.
Joy va ruxsat
Boshqaruv kompaniyalari va MFY qo‘mitalari park uchun joy va elektr ta’minotini beradi.
O‘g‘irlik va vandalizm
Har joyda elektron qulf, 4 kamera, 24/7 signalizatsiya; IIB organlari bilan suhbat o‘tkazilgan, vazirlik profilaktika tadbirlari rejalashtirilgan.
Soliq imtiyozi berilmaydi
Imtiyozsiz ssenariy (aylanma solig‘i 4%) kalkulyatorda — o‘zini oqlash muddati qanchaga o‘zgarishini ko‘ring.
Ishlab chiqarish
Texnik chizmalar tayyor, zavodlar bilan kelishuv bor.
Marketing
Mijozga chiqish
- 01
IIB vazirligi
Vazirlik tomonidan alohida profilaktika tadbirlari.
- 02
Boshqaruv kompaniyalari va MFY qo‘mitalari
Park uchun joy, elektr ta’minoti va parklarni o‘rnatish.
- 03
Sarafan marketing
Mijoz qo‘shnisiga tavsiya qiladi — eng arzon va ishonchli kanal.
- 04
Target reklama
Instagram, Telegram, Facebook — park atrofidagi uylar aholisiga.
Hozirgi bosqich va o‘sish
Tayyorgarlik tugadi. 3 yil ichida 50 ta park.
- TayyorKonsepsiya va dizayn
- TayyorTexnik chizmalar
- TayyorZavodlar bilan kelishuv
- TayyorIIB organlari bilan suhbat
3–6 oy · Pilot
+5
jami 5 park · 160 obuna
6–18 oy · 1-raund
+15
jami 20 park · 640 obuna
18–36 oy · 2-raund
+30
jami 50 park · 1 600 obuna
Keyin: yangi turar-joy majmualari bilan B2B. Obuna: har parkda 32 quti, 100% band.
Jamoa
SERGAK’ni kim qilmoqda?

Muhammadamin Zohidullayev
Founder & CEO
Rent Market’da 2 yil 3 oy COO bo‘lib ishlagan. Servisni ishga tushirish va kundalik operatsiyalarni boshqargan.


Abubakir Abdunaimov
Project Manager
Billz — Tech Manager (O‘zbekiston), B&K Group — CEO (Polsha), WMSystems — Automation Specialist (Kanada).


Akmaljon Nabiyev
Adviser · Angel investor
Rent Market va Wolter asoschisi. Strategiya va investitsiya bo‘yicha maslahat beradi.


Investitsiya so‘rovi
5 ta pilot park uchun $200 000 jalb qilyapmiz
≈ 13 oyda o‘zini oqlaydi · $15 050 sof foyda / oy (pitch ssenariysi)
- $150 000 5 ta park · 75%
- $50 000 Dasturiy ta’minot · 25%
Investitsiya shartlari (ulush va instrument) uchrashuvda taqdim etiladi.
Bizga ishoning, ko‘ngilni xotirjam qiling!
Ariza to‘g‘ridan-to‘g‘ri asoschiga keladi. Ish modeli va texnik chizmalarni uchrashuvda ko‘rsatamiz.